Jahon

2020-yilda Yaqin Sharqda  493 ta qatl holati qayd etilgan — BMT

Eronda 2020 yilda yashirincha 250 kishi  qatl qilingan. Ularning 4 nafari voyaga yetmagan jinoyatchi bolalar  bo‘lgan.

2020-yilda Yaqin Sharqda  493 ta qatl holati qayd etilgan — BMT

 

"2021-yil boshidan hozirgi kunga qadar 230 ta qatl amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 9  nafar ayol va 1 bola yashirincha qatl etilgan", — deya taʼkidladi BMTning Erondagi inson huquqlari bo‘yicha mustaqil tergovchisi Javaid Rehman.

 

Javaid Rehman BMT Bosh Assambleyasining inson huquqlari qo‘mitasiga Eron o‘lim jazosini “qo‘rqinchli darajada” qo‘llashda davom etayotgani va qatllar bo‘yicha rasmiy statistik maʼlumotlar yo‘q qilinayotgani haqida taʼkidlagan.

 

Xalqaro Amnistiya tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 2020 yilda Yaqin Sharqdagi  493 ta qatl holatining yarmidan ko‘pi Eronda ro‘y bergan. Undan keyingi o‘rinlardan esa Misr, Iroq va Saudiya Arabistoni joy olgan.

 

Rehmanning taʼkidlashicha, Eron hukumati tomonidan o‘lim jazosini qo‘llash xavotirli darajada qolmoqda. Rehman o‘z hisobotida Eron o‘lim jazosini  “milliy xavfsizlikni buzishda shubhali ayblovlar” bilan oqlashini, mamlakat sud tizimida  kamchiliklari borligi, bu yerda hatto “eng oddiy xavfsizlik choralari ham ko‘rilmagani”ni qayd etgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Erondagi qamoqxonalarning birida mahbuslar tahqirlangani aks etgan tasvirlar tarqalgani hamda Eron  yadro quroliga ega bo‘lishi mumkinligi haqida  Isroil Mudofaa vaziri Benri Gans maʼlum qilgani haqida xabarlar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

2020-yilda Yaqin Sharqda  493 ta qatl holati qayd etilgan — BMT | Zamon.uz