Jahon

Kim Chen Inning salomatligi joyida — Janubiy Koreya razvedkasi

KXDR yetakchisi necha kilogramm vazn yo‘qotgani maʼlum bo‘ldi.

Kim Chen Inning salomatligi joyida — Janubiy Koreya razvedkasi

 

Kim Chen In 20 killogram vazn yo‘qotgan, ammo uning salomatligiga jiddiy xavf mavjud emas. Bu haqda Janubiy Koreya razvedkasi maʼlumotlariga tayanib, “Ryonxap” agentligi xabar berdi.

 

Agentlikka ko‘ra, Janub razvedkasi parlamentning yopiq majlisida Kim Chen In o‘rniga uning qiyofadoshi ishtirok etayotganini rad etdi. Shimoliy Koreya yetakchisi vazn  yo‘qotgan. Bunga qadar uning og‘irligi 140 kilogramm atrofida bo‘lgan.

 

Bundan avval AQSHning qator OAVlarida Kim Chen In shu yilning yozida hokimiyatdan chetlatilgani, uning o‘rnida davlat tadbirlarida qiyofadoshi ishtirok etayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Ammo “Ryonxap” maʼlumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya razvedkasi “sunʼiy intellekt hamda boshqa ilmiy metodlar” yordamida Shimol yetakchisi salomatligi holatini tahlil qilgan va yuqoridagi maʼlumotlarni taqdim etgan.

 

Bundan avval KXDR ballistik raketa sinovini o‘tkazgani hamda Kim Chen In Janubiy Koreya va AQSHni keskin tanqid qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

Mamlakatning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2026-yil avgustida 215,55 milliard dollarga yetgan.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Qirollik zenit-raketa zaxiralari yetishmovchiligi tufayli mavjud tizimlarni qayta taqsimlamoqda.

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Qashshoqlikda yashayotganlarning yarmidan ko‘pini bolalar tashkil etadi. Tadqiqot 108 ta rivojlanayotgan mamlakatni qamrab olgan.

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

17 ta global xavf milliardlab insonlarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex ma’lumotlar markazlariga qilingan dronlar hujumidan keyin ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatildi.

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

AQSh 5 yosh va undan katta migrant bolalarga mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etish uchun pul taklif qilmoqda.