Belarusda AQSHning yirik gumanitar tashkiloti majburan yopildi
Minsk bu tashkilotni Belarus xalqiga zarar yetkazishda ayblagan.

AQSH Belarusni Amerika xalqaro rivojlanish dasturlariga to‘sqinlik qilishda aybladi. Bu haqda “Sputnik Blijneye zarubejye” telegram-kanali maʼlum qildi.
“”Belarus rasmiylari AQSH elchixonasining jamoatchilik bilan ishlash bo‘linmasi va AQSH halqaro taraqqiyot dasturi (USAID)ning majburan yopilganini maʼlum qildi”, – deyiladi AQSHning Minskdagi elchixonasi saytida. Rasmiy Minsk USAID‘ni 90 yillardan buyon Belarus xalqiga zarar berishda ayblaydi. Ammo Vashington tashkilotlar bu qarorlarga qaramay o‘z faoliyatini davom ettirishini maʼlum qilgan.
Belarusning so‘nggi bir yil davomida AQSH va Yevropa bilan munosabatlari sovuqlashdi. Bundan avval respublikaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi yopilgan edi. Shuningdek, Fransiya elchisi Minskni tark etgan.
Bundan avval Aleksandr Lukashenko Polshaga ogohlantirish bilan chiqqandi. Shuningdek, Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari BMTni Belarus rahbariyatiga qarshi chora ko‘rishga chaqirgandi.
Jahongir Qo'ziyev







