Jahon

Qirg‘izistonda madaniyat va dam olish sohasi xodimlarini majburiy emlash joriy etildi

Ushbu   qaror mamlakat Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilindi.

Qirg‘izistonda madaniyat va dam olish sohasi xodimlarini majburiy emlash joriy etildi

 

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan respublika hududida yuqumli kasalliklarni yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan va majburiy profilaktik emlashni talab qiladigan ishlar ro‘yxati shakllantirildi va tasdiqlandi. Ushbu ro‘yxatga muzeylar, ko‘rgazma zallari, kutubxonalar, sport saroylari, teatrlar, kinoteatrlar, konsert zallari, madaniy-ko‘ngilochar maskanlar, bolalar maydonchalari, bolalar oromgohlari, sog‘lomlashtirish va sog‘lomlashtirish markazlari va fitnes klublari xodimlari kiradi. 

 

Bu ro‘yxatga taʼlim xodimlari va shifoxonalarning yuqumli kasalliklar bo‘limi xodimlari kiritildi.

 

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda pandemiya boshlanganidan buyon 180 ming kishi koronavirusga chalingan, ulardan 175 ming nafari shifo topgan, 2 664 nafari vafot etgan.

 

Respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalishining 3 ta to‘lqini kuzatildi: ularning ikkitasi 2020-yil,  bittasi 2021-yilning yozida bo‘lib o‘tgan.

 

Maʼlumot uchun: 6,5 million aholi istiqomat qiladigan mamlakatda bahor oyida  aholini ommaviy emlash boshlandi. Buning uchun Rossiyaning Sputnik V,  Britaniya-Shved  kompaniyasining AstraZeneca vaksinasi,  Qozog‘istonning  Kazvak va Xitoyning Sinopharm kompaniyasining vaksinasidan foydalaniladi.

 

So‘nggi  koronavirus hisobotida Qirg‘izistonda 960 mingga yaqin odam birinchi dozada, 730 ming kishi esa ikkinchi dozada emlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval  Qirg‘izistonda 85 kishi pissadan zaharlangandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qirg‘izistonda madaniyat va dam olish sohasi xodimlarini majburiy emlash joriy etildi | Zamon.uz