Jahon

Shimoliy Koreya qora oqqush go‘shti yordamida ochlikka qarshi kurashmoqchi

Hukumat bu orqali odamlar hayotini yaxshilashga va ochlikdan qutqarishga umid qilmoqda.

Shimoliy Koreya qora oqqush go‘shti yordamida ochlikka qarshi kurashmoqchi

 

Bu haqda "Daily Mail" xabar qildi.

 

Unda aytilishicha, hozirda mamlakat sharqida bu turdagi qushlarni sanoat usulida yetishtirish boshlangan. Hukumat bu orqali odamlar hayotini yaxshilashga va ochlikdan qutqarishga umid qilmoqda. Amaldorlar uning go‘shtini “shifobaxsh” va “mazali” deb baholamoqda.

 

— “Qora oqqush go‘shtida boshqa hayvonlar go‘shtiga nisbatan ko‘proq oqsil bor, u tez hazm bo‘ladi va saratonga qarshi xususiyatlarga ega”, – deb taʼkidlagan KXDR qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimi.

 

Pxenyan 2019-yildayoq qora oqqush yetishtirishni rejalashtirgan. Bu rejani amalga oshirish Kim Chen In fuqarolarni 2025-yilgacha, yaʼni Xitoy bilan chegaralar ochilgunga qadar kamroq ovqatlanishi zarurligini eʼlon qilganidan so‘ng tezlashdi.

 

KXDR koronavirus pandemiyasi tufayli 2020-yilning yanvarida Xitoy bilan chegarani to‘liq yopdi. Bu mamlakat iqtisodiyotiga salbiy taʼsir qildi: oziq-ovqat tovarlariga narxlar keskin ko‘tarilib ketdi.

 

Bundan avval Janubiy Koreya razvedkasi Kim Chen In salomatligi to‘g‘risida maʼlumot bergandi. Shuningdek, Shimoliy Koreya suvosti kemalaridan ballistik raketa uchirgani xabar qilingandi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"