Jahon

AQSHning Afg‘onistondagi ishtirokiga oid ko‘plab maʼlumotlarni olish cheklab qo‘yildi

Bu maʼlumotlar AQSHning Afg‘onistonni tark etishiga doir to‘liqroq xulosa berishi mumkin.

AQSHning Afg‘onistondagi ishtirokiga oid ko‘plab maʼlumotlarni olish cheklab qo‘yildi

 

AQSH hukumati idoralari, xususan Pentagon va Davlat departamenti Vashingtonning Afg‘onistondagi ishtirokiga oid ko‘plab maʼlumotlarni maxfiy saqlamoqda. Bu haqda AQSHning Afg‘onistonni tiklash masalalari bo‘yicha bosh inspektori Jon Sopko maʼlum qildi.

 

Sopko bu maʼlumotlar AQSH kuchlarining Afg‘onistonni tark etishi bo‘yicha to‘liqroq xulosalarga olib kelishi mumkinligini qayd etgan.

 

“Menimcha, avgustda yuz bergan hodisalarga (2021 yil avgustida Amerika kuchlari Afg‘onistonni tark etgan) , shuningdek, barcha xavotirli signallar haqida Pentagon va Davlat departamenti tomonidan cheklab qo‘yilgan maʼlumotlarni o‘rgansakkina to‘liq tasavvur hosil qilinishi mumkin”, – degan Sopko.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, xususan, rasmiylar afg‘on xavfsizlik kuchlarining 2015 yildagi holati haqida maʼlumotlarni maxfiylashtirgan. Sopko bu hujjatlar afg‘on kuchlarining qay darajada – haqiqiy harbiy kuchmi yoki buzilib ketishga tayyor bo‘lgan “kartadan yasalgan uycha” – bo‘lganligi to‘g‘risida xulosa berishi mumkinligini qayd etgan.

 

Bosh inspektor maʼlumotlarning bir qismi Afg‘oniston sobiq prezidenti Ashraf G‘ani iltimosiga ko‘ra cheklab qo‘yilganini taʼkidladi.

 

“Kobul qulagandan keyin AQSH davlat departamenti va boshqa organlar menga bizning internet saytimizdagi audit, inspeksiya, shuningdek, moliyaviy audit hisobotlariga kirishni cheklab turishni iltimos qildi. Ular afg‘on ittifoqchilari hayoti xavf ostida qolishdan xavotir bildirishdi”, – deb qo‘shimcha qilgan Sopko.

 

Ammo uning qayd etishicha, davlat departamenti aynan qaysi maʼlumotlar amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan afg‘onlarning hayotiga xavf solishi mumkinligi haqida aniq tushuntirish bermagan. Bundan tashqari, bosh tashqi siyosiy idora hisobotlardan sobiq prezident G‘ani nomining olib tashlanishini talab qilgan.

 

Avvalroq AQSH Afg‘oniston yo‘nalishidagi siyosatini qayta ko‘rib chiqmoqchi ekanligi hamda Sergey Lavrov Afg‘oniston qo‘shnilariga iltimos bilan chiqqani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSHning Afg‘onistondagi ishtirokiga oid ko‘plab maʼlumotlarni olish cheklab qo‘yildi | Zamon.uz