Shifokorlar qirolicha Yelizaveta II ga kamida ikki hafta dam olishni tavsiya qildi
Buyuk Britaniya qirolichasi, 95 yoshli Yelizaveta II shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra kamida ikki hafta dam olish rejimiga amal qiladi, deb xabar bermoqda CNN.

“Qirolicha shifokorlari unga kamida ikki hafta dam olishni davom ettirishni tavsiya qildi”, — deyiladi Bukingem saroyi bayonotida.
Ular monarxiya rahbari faqat yengil funksiyalarni bajarishi va onlayn auditoriyani yaratishini taʼkidladilar. Bu davrda barcha rasmiy uchrashuvlar bekor qilindi.
Shifokorlarning tavsiyalari aynan qanday ekani haqida xabar berilmagan.
95 yoshli qirolicha Yelizaveta II oktyabr oyi boshida kasalxonada yotqizilgan edi. Salomatligi yomonlshgani tufayli u Shimoliy Irlandiyaga tashrifini bekor qildi.
Bundan avval Buyuk Britaniya qirolichasi shifokorlar maslahati bilan spirtli ichimliklardan butunlay voz kechgani malum qilingan edi.







