Jahon

Insoniyatni ochlikdan qutqarish uchun men hoziroq Tesla‘dagi aksiyalarimni sotishga tayyorman — Ilon Mask

Mask BMT oziq-ovqat dasturi direktoriga javob bergan.

Insoniyatni ochlikdan qutqarish uchun men hoziroq Tesla‘dagi aksiyalarimni sotishga tayyorman — Ilon Mask

 

Tesla va SpaceX asoschisi  Ilon Mask insoniyatni ochlikdan qutqarish maqsadida boyligining bir qismini xayriya maqsadida ishlatishga tayyorligini maʼlum qildi.

 

Bundan avval BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi direktori Devid Bizli “halokat”ning oldini olish maqsadida Maskni o‘z boyligini xayriya qilishga chaqirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, insoniyatni ochlikdan asrash maqsadida SpaceX asoschisi boyligining (289 milliard dollar) 2 foizi yetarli.

 

“Agar Butunjahon oziq-ovqat dasturi 6 milliard dollar qay tarzda ochlikni bartaraf etishi mumkinligini tushuntira olsa, men hoziroq Tesla‘dagi aksiyalarimni sotishga tayyorman. Ammo moliyaviy hisobot keng jamoatchilik xayriya pullari qanday ishlatilayotganini ko‘rishi uchun ochiq bo‘lishi kerak”, – degan Mask o‘z “Tvitter” sahifasida.

 

Ilon Mask dunyodagi eng boy odamga aylangani hamda dunyoni tirbandliklardan xalos etmoqchi ekanligi xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"