Yolg‘on baribir yolg‘onligicha qolaveradi — Xitoy TIV
Xitoy tashqi ishlar vazirligi AQSH razvedkasining koronavirus to‘g‘risidagi hisobotiga munosabat bildirdi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSH razvedkasining koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha hisobotiga munosabat bildirdi. Bu haqda TIV rasmiy vakili Van Venbin bayonot bergan.
AQSH razvedkasi o‘tgan haftada eʼlon qilgan hisobotida Covid-19 laboratoriyadan tarqab ketgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan. Ammo Venbin buni g‘ayriilmiy va ishonchga sazovor bo‘lmagan maʼlumot deb atagan.
“Yolg‘on ming marotaba qaytarilsa-da, baribir yolg‘onligicha qolaveradi”, – degan Van Venbin bunga javoban.
Shuningdek, u AQSH maxsus xizmatlarini yolg‘onchilikda ayblagan. “Koronavirusning kel chiqishi masalasi jiddiy va qiyin masala hisoblanib, u butun dunyo olimlari bilan hamkorlikda o‘rganilishi kerak”, – deya qayd etgan TIV vakili.
Shu bilan birga Venbin AQSHdan Fort-Detrikdagi biologik laboratoriyada tekshiruv o‘tkazishga ruxsat berishni talab qildi.
Bundan avval Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi ham AQSH razvedkasi hisobotini g‘ayriilmiy deb baholagan edi.
Jahongir Qo'ziyev







