O'zbekiston

Abdulaziz Komilov "НТВ" telekanalining muxolifat to‘g‘risidagi savoliga javob berdi

Tashqi ishlar vaziri chet eldagi baʼzi shaxslar O‘zbekistonni asossiz tanqid qilishiga eʼtibor qaratdi.

Abdulaziz Komilov "НТВ" telekanalining muxolifat to‘g‘risidagi savoliga javob berdi

 

 

22-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning bir qator OAV vakillari bilan press-konferensiyasi bo‘lib o‘tgan edi. TIV tomonidan e'lon qilingan mazkur intervyuda Komilov O'zbekistondagi saylovlar, Afg'oniston masalasi qatori muholifat mavzusi bo'yicha ham o'z qarashlarini bayon etgan. Xususan, "НТВ" telekanali jurnalisti R.Sobolning muxolfat to‘g‘risidagi savoliga quyidagicha javob bergan.

 

— O‘zini muxolifat deb ataydigan insonlar guruhi, siz taʼkidlaganingizdek, asosan xorijiy davlatlarda yashaydi. Ular O‘zbekistonni turli omillar: siyosiy va shaxsiy qarashlari tufayli tark etgan. Shu bilan birga, ularning aksariyati  chet elda o‘zini muxolif qilib ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Balki bu ularga maʼlum maʼnoda, xususan, moliyaviy va moddiy ko‘mak olishlariga, maʼlum statusga ega bo‘lishlariga yordam beradi. Shunday bo‘lsa-da biz ularni eshitamiz – baʼzan bu shaxslardan O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyoti uchun yaxshi niyatlar bilan yozilgan maktublar keladi. Ammo ko‘p hollarda ular O‘zbekistonni noxolis tanqid qiladi. Fikrimcha, bu ularning muxolif kayfiyati bilan emas, balki o‘zining shaxs sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatishga urinishi bilan bog‘liq.

O‘zbekiston rahbari o‘z chiqishlarida bir necha bor agar ular O‘zbekistonga qaytsa va Vatanga xizmat qilishni davom ettirsa, bu insonlar fikriga quloq solinishini va qo‘llab-quvvatlanishini bildirgan. Bu ular uchun hech qanday tahdid tug‘dirmaydi. Shu sababli men bu kabi shaxslarni tizimdan tashqari muxolifat emas, balki tizimsiz va tarqoq, alohida shaxslardan iborat muxolifat deb atagan bo‘lardim. Ular o‘zaro bog‘liq emas, ko‘p hollarda ularning o‘zaro raqobatini kuzatish mumkin.

 

Avvalroq Abdulaziz Komilov Tehrondagi Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etgani xabar qilingandi.

 

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

“Bunday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi shart”: O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni qat’iy qoraladi

Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Poytaxtda daraxtlarning soni, turi, yoshi, holati va joylashuvi hisobga olinib, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar reyestri shakllantiriladi.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.