Bayden Glazgoda zerikkanidan uxlab qolgan — Tramp
Tramp bu safar ham AQSH prezidentini "ayab o‘tirmadi".

AQSH prezidenti Jozef Bayden Glazgodagi iqlim masalalariga bag‘ishlangan sammitda uxlab qolgani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu jarayondan uning ashaddiy tanqidchilaridan biri, AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp ham chetda qolmadi.
Tramning fikricha, Bayden zerikkanidan uxlab qolgan.
"Bayden Global iqlim isishi uning uchun eng katta muammo ekanini eʼlon qilib Yevropaga bordi. Keyin esa butun dunyo ko‘zi oldida tezda uxlab qoldi. Kimning qiziqishi va masalaga ishonchi bo‘lsa, u hech qachon mudroqqa ketmaydi",— degan Tramp.
Bu sobiq prezidentning Baydenni uxlab qolgani uchun birinchi marta tanqid qilishi emas. Xususan, AQSH yetakchisining Putin bilan uchrashuvi oldidan ham u Baydenga "uchrashuv davomida uxlab qolmaslik"ni tilagan edi.
Bundan avval Bayden Trampning iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqib ketgani uchun butun dunyodan uzr so‘ragandi. Shuningdek, Zelenskiy Bayden bilan uchrashuv davomida uxlab qolgandi.
Jahongir Qo'ziyev







