Jahon

Butunjahon oziq-ovqat dasturining Maskka taklifi o‘z kuchida turibdi — BMT

Avvalroq BMT Ilon Maskni o‘z boyligining bir qismini ochlikka qarshi kurashga sarflashga chaqirgandi.

Butunjahon oziq-ovqat dasturining Maskka taklifi o‘z kuchida turibdi — BMT

 

BMT bosh kotibi rasmiy vakili o'rinbosari Farxon Xak Butunjahon oziq-ovqat dasturi direktorining Ilon Maskka bergan taklifi o‘z kuchida qolishini maʼlum  qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

 

Avvalroq BMT butunjahon oziq-ovqat dasturi direktori Devid Bizli “halokat”ning oldini olish maqsadida Maskni o‘z boyligini xayriya qilishga chaqirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, insoniyatni ochlikdan asrash maqsadida SpaceX asoschisining 289 milliard dollar boyligining 2 foizi yetarli.

 

O‘z navbatida Ilon Mask agar 6 milliard dollar haqiqatdan ham insoniyatni qutqarsa, Tesla‘dagi aksiyalarini sotishini maʼlum qilgan.

 

“Butunjahon oziq-ovqat dasturi taklifi chin dildan qilingan”, – degan Farxon Xak.

 

Oldinroq Devid Bizli 6 milliard dollar butun insoniyatni qutqara olmasligini, ammo 42 million odamni ochlikdan asrab qolishini aytgandi. Shu bilan birga u Mask bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qilgan.

 

Bundan avval Ilon Mask dunyoning eng boy odamiga aylangani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

Mamlakatning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2026-yil avgustida 215,55 milliard dollarga yetgan.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Qirollik zenit-raketa zaxiralari yetishmovchiligi tufayli mavjud tizimlarni qayta taqsimlamoqda.

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Qashshoqlikda yashayotganlarning yarmidan ko‘pini bolalar tashkil etadi. Tadqiqot 108 ta rivojlanayotgan mamlakatni qamrab olgan.

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

17 ta global xavf milliardlab insonlarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex ma’lumotlar markazlariga qilingan dronlar hujumidan keyin ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatildi.

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

AQSh 5 yosh va undan katta migrant bolalarga mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etish uchun pul taklif qilmoqda.