Panamada tungi bazmga "Kalmar o‘yini" qahramonlari kiyimida kelganlar ishtirokida otishma bo‘ldi
Unda 8 ta odam qurbon bo'ldi va bir necha kishi yaralandi.

"La Razon" nashri xabariga ko‘ra, "Santa Ana" klubi tunda tematik tadbir o‘tkazgan. Unda avvaldan o‘zaro bir-biriga raqib bo‘lgan guruh aʼzolari ham ishtirok etgan. Tadbir qizigan mahal kutilmaganda ular bir-birlariga qarata o‘q uza boshlagan.
Otishmada birinchi o‘q uzgan odam va yana to‘rt nafar guruh ishtirokchilari voqea joyida halok bo‘lgan. Qolgan yaradorlar kasalxonada vafot etgan. Politsiya yana ikki guruh ishtirokchilarini qo‘lga olgan. Hozirda surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq Kobul xalqaro aeroportida otishma yuz bergani hamda Rossiyada o‘zbekistonlik erkak hamyurtini otib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







