Har qancha katta bizneslari bo‘lmasin, Tramp Putinga havas qiladi
Trampning sobiq maslahatchisi Putin mamlakatni shaxsiy biznesi kabi boshqarishini maʼlum qilgan.


Donald Trampning Rossiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan Fiаna Xill sobiq prezident Vladimir Putinga havas qilganini maʼlum qildi. Siyosatchi bu haqda BBCga bergan intervyusida gapirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Trampni Rossiya prezidentining boshqaruvchilik qobiliyati qoyil qoldirgan.
“U Rossiya prezidenti kabi yetakchi bo‘lishni istagan. Tramp Putinni juda qudratli lider deb hisoblardi. Uning fikricha, Putin mamlakatni xuddi shaxsiy biznesni boshqargandek boshqargan”, – degan Xil.
Sobiq maslahatchi Tramp ham AQSHni xuddi Rossiya prezidenti kabi boshqarishni xohlaganini aytgan.
Fiаna Xill 2017-2019 yillarda Tramp administratsiyasida ishlagan. U Rossiya bo‘yicha yetakchi ekspertlardan sanaladi.
Bundan avval Jozef Bayden Trampning iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqib ketgani uchun dunyo hamjamiyatidan uzr so‘ragandi. Shuningdek, Tramp Baydenni "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri ishga tushirilishida ayblagandi.
Jahongir Qo'ziyev







