O'zbekiston

Tekindan kelsa boylik...

Katta miqdoridagi mol-mulklarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi.

Tekindan kelsa boylik...

 

Firibgarlik bilan 3 marta sudlangan 32 yoshli xavfli retsedivist bo‘lgan sudlanuvchi Jo‘ra Baxtiyorov 2018-yil iyul oyida Namangan shahridagi do'konlarning birida mebel savdosi bilan shug‘ullanuvchi A.Azizovdan mebel xarid qilib, u bilan yaqindan tanishib qoladi. A.Azizov va o‘g‘lini Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘natishini aytib, ishonchiga kiradi. Uni aldab, firibgarlik yo‘li bilan 6.000 AQSH dollar pullarini olgan. So‘ng pullarni o‘zini shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

 

2020-yilning noyabr oyida esa B.Oqilovni aldab, o‘ziga tegishli bo‘lgan "Lasseti"si borligi, uni 9.000 AQSH dollariga sotishini aytadi. Uning oldindan 1.600 AQSH dollari, 1 million so‘m pul va 10 gramm tilla-taqinchoqlarini olib, unga mashinasini bermay, jami 2 050 AQSH dollari miqdoridagi mol-mulklarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Bularni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

 

Sud tomonlarni tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini va sudga taqdim etilgan dalillarni atroflicha o‘rganib chiqdi. Jo‘ra Baxtiyorovni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, yetkazilgan moddiy zararlarni undirish belgilandi.

 

Avvalroq, Navoiyda 2.000 dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan o‘qituvchi ushlangani hamda Faсebookda Shavkat Mirziyoyev nomi bilan soxta akkaunt ochib firibgarlik qilgan shaxs aniqlangani  haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Tekindan kelsa boylik... | Zamon.uz