Jahon

O‘z joniga qasd qilishga moyil o‘smirlarni aniqlash yo‘li topildi

AQSH olimlari o‘smirlarda o‘z joniga qasd qilish hatti-harakatlarini bashorat qiluvchi qurilma yaratdi.

O‘z joniga qasd qilishga moyil o‘smirlarni aniqlash yo‘li topildi

 

Unda aytilishicha, amerikalik tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan mashina  o‘smirlardagi o‘z joniga qasd qilish xatti-harakatlarini 91 foiz aniqlik bilan ko‘rsatgan. Yangi usul haqidagi maqola “PLOS ONE” jurnalida mutaxassislar tomonidan chop etildi.

 

“Brigham Young” universiteti olimlari mazkur ish ustida ancha yillardan beri tadqiqot olib borgan. Ular giyohvand moddalarni isteʼmol qilish va ruhiy salomatlikni kuzatish maqsadida Yuta shtatidagi 179 000 dan ortiq o‘rta maktab o‘quvchilari o‘rtasida muntazam ravishda o‘tkaziladigan so‘rovlardan maʼlumotlar to‘plashgan. Maʼlumotlar 2011-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga olgan. 

 

Shundan so‘ng olimlar o‘zlari yaratgan mashinaga to‘plangan maʼlumotlarni kiritishgan. Natijada, sinovdagi o‘smirning javoblaridan 91 foiz aniqlik bilan o‘z joniga qasd qilish hatti-harakatini aniqlagan.

 

"Bu bashoratchilarning follaridan ancha yuqori, ularning bashoratlari 80 foizli aniqlikni ham bermaydi", – deydi Brigham Young universiteti olimlari.

 

Bundan tashqari, olimlar eng xatti-harakatlarni yana-da aniq aniqlashi mumkin bo‘lgan savollarni ham topa olishgan. Xususan, savollar mazmuniga ijtimoiy tarmoqlardagi tortishuv, maktabdagi bezorilik, uydagi janjal, jinsiy aloqa, spirtli ichimliklar va marixuana isteʼmol qilish kabi mayllarga oid fikrlar singdirilgan.

 

Avvalroq salkam ikki haftadan so‘ng o‘zini kanalga tashlagan qizning murdasi topilgani hamda o‘z joniga qasd qilishga moyil  va ruhiyatida o‘zgarish bo‘lgan o‘quvchi qizlarning ro‘yxati shakllantirilishi haqida xabar berilgandi. 

 

Olamgir Abdiyev

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.