O‘zbekistonda to‘qqiz oy ichida qancha qurilish ishlari bajarilgani maʼlum qilindi
O‘sish surʼati 2020-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 109,8 foizni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabar berishicha, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida, O‘zbekistonda jami 3439,8 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish surʼati 2020-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 109,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.
Maʼlumot uchun: 2021-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda 37,3 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarildi va sohada 2020-yil shu davriga nisbatan 0,9 foiz o‘sish kuzatildi. Xususan, o‘tgan 5 oy davomida respublikada 25,3 trillion so‘mlik bino va inshootlar, 7 trillion so‘mlik fuqarolik obyektlari qurildi, 4,8 trillion so‘mga ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari amalga oshirildi.
Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1,5 trillion so‘mlik (umumiy hisobda 4 foiz), nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 35,8 trillion so‘mlik (96 foiz) qurilish ishlari bajarildi.
Avvalroq O‘zbekistonning iqtisodiy ko‘rstatkichi 10 foizga oshgani haqida xabar berilgandi.







