Jahon

Ukraina sobiq prezidenti uyushgan jinoiy guruhga rahbarlik qilganlikda ayblanmoqda

Ushbu guruh tarkibida Ukraina sobiq harbiylari bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Ukraina sobiq prezidenti uyushgan jinoiy guruhga rahbarlik qilganlikda ayblanmoqda

 

Ukraina surishtiruv byurosi  mamlakat sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni uyushgan jinoiy guruh tuzishda aybladi. Bu haqda “Ria Novosti” xabar berdi.

 

“2021 yil 5 noyabr kuni  surishtiruv byurosiga Ukraina sobiq prezidenti uyushgan jinoiy guruh rahbari bo‘lgani to‘g‘risidagi gumonlar  taqdim etildi. Maʼlumotlarga ko‘ra, bu guruhga sobiq ichki ishlar vazirligi, Ukraina xavfsizlik xizmati va qurolli kuchlar vakillari kirgan. Ularning barchasi 2014 yil 18-20 fevral kunlari Kiyev markazida bo‘lib o‘tgan ommaviy norozilik namoyishlari paytida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblanmoqda”, – deyiladi  Ukraina surishtiruv byurosi  matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

 

Ushbu idora taxminiga ko‘ra, Yanukovich va uning qo‘l  ostidagilar aholini qo‘rqitish maqsadida “teraktlar sodir etgan”. Byuro uyushgan jinoyat guruhini 76 fuqaro o‘limida ayblagan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Viktor Yanukovich 2010-2014 yillarda Ukraina prezidenti bo‘lgan. 2014 yil fevral oyida boshlangan norozilik namoyishlaridan keyin u Rossiyaga qochib ketgan. Shundan keyin Ukraina bir qismi bo‘lgan Qrim Rossiyaga qo‘shib olindi. Mamlakat sharqida esa ayirmachilar bilan urush davom etmoqda.

 

Bundan avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "Pandora hujjatlari" ga munosabat bildirgandi.

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

Mamlakatning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2026-yil avgustida 215,55 milliard dollarga yetgan.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Qirollik zenit-raketa zaxiralari yetishmovchiligi tufayli mavjud tizimlarni qayta taqsimlamoqda.

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Qashshoqlikda yashayotganlarning yarmidan ko‘pini bolalar tashkil etadi. Tadqiqot 108 ta rivojlanayotgan mamlakatni qamrab olgan.

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

17 ta global xavf milliardlab insonlarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex ma’lumotlar markazlariga qilingan dronlar hujumidan keyin ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatildi.

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

AQSh 5 yosh va undan katta migrant bolalarga mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etish uchun pul taklif qilmoqda.