Jahon

Firibgar sotuvchilar o‘z imkoniyatlarini namoyish qilish uchun Adolf Gitler nomiga tayyorlangan sertifikatlarni eʼlon qilishdi

Bunday sertifikat narxi o‘rtacha 300 yevro.

Firibgar sotuvchilar o‘z imkoniyatlarini namoyish qilish uchun Adolf Gitler nomiga tayyorlangan sertifikatlarni eʼlon qilishdi

 

Yevropada koronavirusga qarshi emlanganlik haqidagi soxta hujjatlarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ko‘zbo‘yamachilar o‘z imkoniyatlarining namoyish qilish uchun Internetda Adolf Gitler, Mikki Maus va “Spongebob” nomiga tayyorlangan sertifikatlarni eʼlon qilishdi. 


Xususan, Gitler nomiga rasmiylashtirilgan sertifikatlardan biri haqiqiy QR-kodga ega va Fransiya hukumati tomonidan imzolangan. U 1900-yilda tug‘ilgan fuqaro 25-oktabr kuni COVID-19‘ga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini olganini ko‘rsatadi.

 

“Spongebob” va Mikki Maus kabi multfilm qahramonlari uchun tayyorlangan qolgan ikki sertifikat Polsha va Makedoniya hukumatlari tomonidan “berilgan”. 


Sertifikatlarni haqiqiysidan ajratish qiyin, ular tekshiruvlardan o‘tadi va nafaqat Yevropa davlatlari hududida erkin harakatlanish imkonini beradi. Firibgar sotuvchilar shu yo‘l bilan o‘z mahsulotlari ishonchliligini isbotlashgan. 

 

"Frankfurter Allgemeine" nashri jurnalistlari firibgarlardan biri bilan bog‘langanda unga shu narx aytilgan. 


Avvalroq dunyoda koronavirusga qarshi yetti milliarddan ortiq dozada vaksina qo‘llanilgani xabar qilingan edi. 

 

Sharofat Mahmudova

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.