Tuvalu tashqi ishlar vaziri dengiz ichida nutq so‘zladi
Vazir bu orqali dunyo global iqlim o‘zgarishlariga jiddiyroq eʼtibor qaratishini xohlagan.

Qayd etilishicha, Saymon Kofe Glazgoda o‘tayotgan iqlim konferensiyasida tizzasigacha suvda turib chiqish qildi.
Tuvalu iqlim isishidan eng ko‘p aziyat chekayotgan hududlardan biridir. Orolda dengiz sathi ko‘tarilib, quruq yer kamayib bormoqda.
Aholi ichimlik suvi uchun ko‘p hollarda yomg‘irni kutishga majbur.
Maʼlumot uchun: COP26 iqlim sammiti 31-oktabrdan 12 noyabrgacha Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Tinch okeanidagi iqlim o‘zgarishi, migratsiya va inson xavfsizligi mavzusi bo‘yicha dastur sammitning ikkinchi haftasida bo‘lib o‘tadi.
Davlatlar iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij kelishuvini amalga oshirish qoidalarini kelishishga harakat qilmoqda va butun dunyo bo‘ylab iqlim o‘zgarishiga moslashish rejalarini muhokama qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Glazgodagi iqlim konferensiyasida muhim deklaratsiya qabul qilingani hamda Tramp Bayden Glazgoda zerikkanidan uxlab qolganligi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







