Jahon

Men reytinglarga eʼtibor berish uchun prezident bo‘lmaganman — Jozef Bayden

AQSH prezidenti reytingi rekord darajada tushib ketganiga munosabat bildirdi.

Men reytinglarga eʼtibor berish uchun prezident bo‘lmaganman — Jozef Bayden

 

AQSH prezidenti Jozef Bayden o‘z reytingi rekord darajada tushib ketganiga izoh berdi. Amerika yetakchisi bu haqda WKRC-TV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

 

Bundan avval USA Today va Safflok universiteti qo‘shma so‘rovnomalarida Bayden faoliyatini qo‘llab-quvvatlash 37.8 foizga tushib ketgandi. Prezident boshlovchining bu haqdagi savoliga javob berar ekan, u boshqa OAV so‘rovnomalarida 48 foiz ko‘rsatkichni ko‘rganini maʼlum qildi. "To‘g‘ri tushuning, men jamoatchilik orasida o‘tkaziladigan so‘rovnomalar uchun prezident bo‘lmaganman", — degan u. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar rahbari bu vaziyat Kongressda o‘z administratsiyasining qarorlari ko‘rib chiqilganda o‘zgarib turishini qayd etdi.

 

Shuningdek, Bayden so‘rovnoma natijalari doimiy ravishda pasayib va o‘sib borishini taʼkidlagan. Shu bilan birga u pandemiya, energetik inqiroz va ishsizlik ko‘plab amerikaliklarni tashvishga solayotganini tan olgan.

 

Avvalroq Bayden koronavirus bo‘yicha global sammit chaqirmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.