Nigeriyada sodir bo‘lgan yong‘in sabab 25 bola halok bo‘ldi
Maktab binosi somondan qurilgani bois, tez alanga olishiga sabab bo‘lgan.

Nigeriyaning Maradi viloyatida joylashgan maktablarning birida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Оqibatda, 5 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan 25 ga yaqin bolalar yonib ketdi. Bir necha bola jarohat olgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, somondan qurilgan uchta sinf xonasi butkul yonib ketgan. G‘ishtdan qurilgan maktablarda joy qolmagani sabab ilojsizlikdan bolalar o‘qishni somondan yasalgan sinflarda davom ettirishgan. Quruq somon tez alanga olgani sabab bolalar binodan qochib chiqishga ulgurishmagan.
Guvohlarning taʼkidlashicha, voqeada jarohat olgan bolalar yaqin atrofda bo‘lgan avtomobillarda shifoxonaga yetkazilgan. Jabrlanganlarning aksariyati og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda. Maktabdagi barcha darslar bekor qilingan.
Yong‘in kelib chiqish sabablari hozircha maʼlum emas. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Avvalroq Ruminiyada koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan shifoxonada yong‘in sodir bo‘lgani hamda Eron bandargohida beshta savdo kemasi yonib ketgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







