"Djokonda" (“Mona Liza”) nomli asardan olingan nusxa Fransiyada sotuvga qo‘yildi
Surat asl suratning ikkinchi nusxasi hisoblanadi.

Italiyalik rassom Leonardo da Vinchining taxminan 1600 yilda yaratgan "Djokonda" (“Mona Liza”) asari Fransiyadagi kim oshdi savdosida 210 ming yevroga sotildi.
Bundan avval Mona Lizaning ilk nusxasi XVII asr boshlarida Fransiyada 210 ming yevroga kim oshdi savdosiga qo‘yilgandi. O‘sha davrda muallif o‘zini tanishtirishni istamagan. Hozirga qadar ilk nusxasini yaratgan insonning ism sharifi nomaʼlumligicha qolgan. Sanʼatshunoslarning fikriga ko‘ra, u o‘z asarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Djokondaning" asl nusxasiga qarab chizgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, surat o‘sha vaqtda yuz yoshda bo‘lgan. Nusxa tavsifida asl rasmga 100 foiz mos kelishini taʼkidlangan. Shu yili “Mona Liza”ning yana bir nusxasi Parijda deyarli 3 millionga sotilgan.
Avvalroq Pikasso asarlari auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







