Jahon

Ozarbayjonning Qorabog'ni qaytarib olishi qanday o'zgarishlarga olib keldi?

Bir yil muqaddam ikkinchi Qorabog‘ urushi yakunlangan edi.

Ozarbayjonning Qorabog'ni qaytarib olishi qanday o'zgarishlarga olib keldi?

 

Bundan roppa-rosa bir yil muqaddam Ikkinchi Qorabog‘ urushi nihoyasiga yetdi. 2021yil sentabrida boshlangan urush yakunida butun Kavkazorti mintaqasida geosiyosiy vaziyat o‘zgarib ketdi.

 

Eng avvalo Ozarbayjon Qorabog‘ning katta qismida o‘z suverenitetini tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Qariyb o‘ttiz yil davomida bu hududda tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi hukmronlik qilib keldi. Bu maʼmuriy birlik doimiy ravishda Armaniston tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

 

Bokuga butun urush davomida Turkiya katta yordam berdi. Eng avvalo zamonaviy harbiy  texnikalar yetkazib berilishi Ozarbayjonga katta strategik ustunlik taqdim etdi. Bu o‘rinda Turkiyaning Bayraktar uchuvchisiz qurilmalarini alohida taʼkidlash lozim. Ozarbayjon bu qurolni qo‘llash orqali nisbatan kam yo‘qotishlar evaziga Armaniston marralarining va texnikalarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi. Urush yakunidan keyin hattoki NATO unda uchuvchisiz qurilmalarning qo‘llanilishini o‘rganib chiqishga kirishdi.

 

Aksariyat tahlilchilarning fikricha, Qorabog‘ urushi yangi turdagi lokal urushlarning umumiy ssenariysini ko‘rsatib beradi. Turkiyaning Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlashi ortidan uning Janubiy Kavkazdagi mavqeining keskin ko‘tarilib ketdi. Mintaqada katta taʼsirga ega o‘yinchi – Rossiya ham maʼlum maʼnoda buni tan olishga majbur bo‘ldi. Shu bilan birga ayrim ekspertlar Turkiya Boku tarafida jang qilish uchun Suriyada katta jangovar tajriba orttirgan qurolli guruhlarni yaqin Sharqdan Qorabog‘ga tashlangani doimiy ravishda taʼkidlab kelinadi. Xususan, Eron va Rossiyadagi baʼzi tahlilchilar shu taxminni ilgari suradi.

 

Rossiya bir qancha kelishuvlardan keyin Turkiya bilan qo‘shma monitoring markazi tuzdi. Moskva Karnegi markazi direktori Dmitriy Treninning fikricha, bu orqali Turkiya qariyb bir asrdan keyin Kavkazortiga yirik geosiyosiy kuch sifatida qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu monitoring markazida 60 nafar Turkiya va Rossiya harbiylari xizmat qiladi hamda mintaqadagi harbiy vaziyat izdan chiqib ketmasligini nazorat qiladi.

 

2020 yil 10 noyabr kuni Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuvlarga ko‘ra, Qorabog‘ga Rossiya Tinchlikparvar kuchlari kiritildi. Ularning soni hozirda 1960 nafarni tashkil etmoqda. Ayrim fikrlarga ko‘ra, Rossiya aynan shu kuchlar orqali mintaqada o‘z taʼsirini nafaqat saqlab qolishga, balki yana-da kuchaytirishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Hozirda Ozarbayjon qaytarib olgan hududlarida mustahkamlanish uchun bir qancha muhim qadamlar tashladi. Xususan, o‘tgan oyda Qorabog‘dagi eng yirik transport koridori – Fuzuliy aeroporti ochildi. Shuningdek, ilhom Aliyev halqaro energetika kompaniyalarini Qorabog‘ga taklif qildi.  

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Ozarbayjonning Qorabog'ni qaytarib olishi qanday o'zgarishlarga olib keldi? | Zamon.uz