Jahon

Qozog‘iston Bishkek va Dushanbega beg‘araz harbiy yordam beradi

Bu Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liqligi maʼlum qilindi.

Qozog‘iston Bishkek va Dushanbega beg‘araz harbiy yordam beradi

 

Afg‘onistondagi vaziyat ortidan Qozog‘iston Tojikiston va Qirg‘izistonga maxsus texnika va o‘q-dorilarni beg‘araz asosda yetkazib beradi.

 

Qirg‘izistonning Qo‘ytosh va Tojikistonning Dushanbe shahriga yetkazib berish xarajatlarini ham Qozog‘iston o‘z bo‘yniga oldi. Shu bilan birga, Dushanbe va Bishkek bu mahsulotlarni uchinchi davlatlarga berishi mumkin emas.

 

Qozog‘iston mudofaa vaziri o‘rinbosari Ruslan Shpekbayevning maʼlum qilishicha, beg‘araz yordam respublika mudofaa salohiyatiga salbiy taʼsir qilmaydi. Sababi, u qurolli kuchlar taʼminotining ortib qolgan zaxiralari hisobidan berilmoqda. Ushbu qaror parlament quyi palatasi tomonidan maʼqullangan va senatga jo‘natilgan.

 

Avvalroq Qirg‘iziston Afg‘onistonda yashovchi qirg‘izlarni evakuatsiya qilishini maʼlum qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Qozog‘iston Bishkek va Dushanbega beg‘araz harbiy yordam beradi | Zamon.uz