Chilonzorda ayrim yo‘llarning ochilishi 15 noyabrga qoldirildi
Тaʼmirlash ishlari yana 5 kun davom etadi.

Avvalroq Chilonzor tumanidagi M.G‘afurov ko‘chasida transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha yopilishi haqida xabar berilgandi.
Toshkent shahar hokimligining maʼlum qilishicha, mazkur yo‘l qismida qo‘shimcha taʼmirlash ishlari olib borilayotgani sababli, harakatlanishning cheklanishi 2021-yil 15-noyabr kuniga qadar davom etadi.
Hokimlik yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.
Avvalroq Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida "SKY CAMP" marafoni o‘tkazilishi, Mirobod tumanidagi baʼzi ko‘chalarda transport vositalari harakatlanishi vaqtincha cheklanishi hamda Qashqadaryodagi dovon ikki kunga yopilgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







