O'zbekiston

O‘zbekistonda QIWI'dan foydalanishga ruxsat berildi

Mazkur faoliyat to‘lov tashkiloti litsenziyasiga ega bo‘lgan “Payment Aggregation Systems” MCHJ tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda QIWI'dan foydalanishga ruxsat berildi

 

Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

 

Unda keltirilishicha, “QIWI Uzbekistan” elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish hamda “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqildi.

 

Bundan tashqari, mazkur elektron pullar tizimining emitenti sifatida elektron pullarni chiqarish faoliyati bo‘yicha ham loyihalar ko‘rib chiqildi.

 

Natijada “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari”ga ko‘ra, “QIWI Uzbekistan” elektron pullar tizimi Markaziy bankning “Elektron pullar tizimi” reyestriga kiritilib, elektron pullarning chiqarish faoliyatiga ruxsat berildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Bolalar puli”ni olish oila aʼzolariga taqsimlanadigan oylik daromadga bog‘liqligi hamdaTelegram‘da xayriya mablag‘larini yig‘ish funksiyasi ishga tushgani haqida xabar berilgan edi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zbekistonda QIWI'dan foydalanishga ruxsat berildi | Zamon.uz