Jahon

Hindistonda sammit ishtirokchilari tomonidan Afg‘onistonda yuzaga kelgan vaziyat, mintaqaviy va global oqibatlari muhokama qilindi

Unda Rossiya, Markaziy Osiyo davlatlari, Eron va Hindiston vakillari ishtirok etdi.

Hindistonda  sammit ishtirokchilari tomonidan Afg‘onistonda  yuzaga kelgan vaziyat, mintaqaviy va global oqibatlari muhokama qilindi

 

Hindistonda mintaqadagi yettita mamlakatning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilari va xavfsizlik kengashi kotiblarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Ishtirokchilar qabul qilgan yakuniy deklaratsiyada Afg‘onistonning barcha halqi istayotgan ochiq va inklyuziv hukumat tuzilishi zarurligi taʼkidlangan. Bu haqda “Ovozi Tojik” radiosi Afg‘onistonning “Shafaqna” axborot agentligiga tayanib xabar bermoqda.

 

Xabarda aytilishicha, mintaqaviy uchrashuv chorshanba kuni Hindistonning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ajita Duala raisligida bo‘lib o‘tgan.

 

Uchrashuvda Afg‘onistonda hozirda yuzaga kelgan vaziyat, jumladan, xavfsizlik bilan bog‘liq holat va uning mintaqaviy va global oqibatlari muhokama qilingani aytilmoqda. Shuningdek, ishtirokchilar Afg‘onistonning hududiy yaxlitligini himoya qilish zarurligini taʼkidlab, tashqi kuchlarning aralashuviga qarshi ekanini bildirgan.

 

Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar va milliy xavfsizlik kengashi kotiblari o‘z murojaatlarida Afg‘oniston hududi terrorchilar faoliyat olib boradigan, ularga boshpana bo‘ladigan, o‘qitish, rejalashtirish va moliyalashtirish bilan shug‘ullanadigan joy bo‘lmasligi kerakligini alohida qayd etgan.

 

Ular shuningdek, mintaqada ekstremizm, separatizm va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi bilan bog‘liq tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi.

 

 Avvalroq, O‘zbekistonda jahon parlamentlarining ayol rahbarlari  sammiti bo‘lib o‘tishi  hamda Abdulaziz Komilov  din erkinliklari masalasiga bag‘ishlangan xalqaro sammitda ishtirok etgani haqida xabar bergandik.

 

Munojat Valiyeva

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Hindistonda sammit ishtirokchilari tomonidan Afg‘onistonda yuzaga kelgan vaziyat, mintaqaviy va global oqibatlari muhokama qilindi | Zamon.uz