Jahon

Liverpulda taksi haydovchisi katta teraktning oldini oldi

Hodisa shifoxona yaqinida sodir bo‘lgan.

Liverpulda taksi haydovchisi katta teraktning oldini oldi

 

Liverpulda shifoxona yaqinida avtomobil portlab ketdi. Oqibatda, bir kishi halok bo‘lgan.

 

Shundan keyin olib borilgan qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida uch kishi ushlangan. Ularning yoshi 21, 16 va 29 atrofida bo‘lib, ular terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun doirasida qo‘lga olingan.

 

So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, portlatilgan mashina taksi avtomobili bo‘lgan. Haydovchi so‘nggi daqiqada mashinani qulflagan va terrorchining tushishiga imkon bermagan. Oqibatda bomba avtomobilning o‘zida portlagan va terrorchining o‘zi halok bo‘lgan. Haydovchi esa yaralangan.

 

Hozirda Britaniya huquqni muhofaza qiluvchi organlari hodisani terakt sifatida baholamayapti. Shu bilan birga terrorizmga qarshi kurash bo‘linmasi hech qaysi variant inkor qilinmayotganini maʼlum qilgan. Portlash sodir bo‘lgan ayollar gospitalida vaqtinchalik bemorlarni qabul qilish taqiqlab qo‘yildi.

 

Avvalroq Afg‘oniston shimolida portlash sodir etilgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Liverpulda taksi haydovchisi katta teraktning oldini oldi | Zamon.uz