O'zbekiston

“O‘zdonmahsulot” tugatilishi rasman tasdiqlandi

“O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar tadbirkorlik subyektlariga sotilgach,  “O‘zdonmahsulot” AKni maʼlum  tartibda tugatish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

“O‘zdonmahsulot” tugatilishi rasman tasdiqlandi

 

Prezident “G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:

 

2021 – 2022 yillarda “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalarini g‘allachilik klasteri tashkil etish taklifini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga sotish uchun baholash va faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirmaslik shartida ochiq savdolarga qo‘yish;

 

“O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalariga tegishli 20 ta urug‘lik don tayyorlash sexlari qarzdorligini obeʼktning baholangan qiymati hisobiga to‘ldirish belgilangan.

 

Mazkur korxonalarning soliq va Jamg‘arma oldidagi qarzdorligini, yaʼni, ular bo‘yicha hisoblangan penyalar, shuningdek, obyektni o‘tkazish natijasida yuzaga keladigan soliqlarni ham inobatga olgan holda Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga berish va to‘liq modernizatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

 

Unga ko‘ra, qarzdorlik mavjud bo‘lmagan hollarda obyektlar “O‘zdonmahsulot” AKdagi davlat ulushi va “O‘zdonmahsulot” AKning don korxonalaridagi ulushini tegishincha kamaytirish hisobiga berilishi rejalashtirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “UzAuto Motors” “Chevrolet Lacetti”larini nega don omborlarida saqlanayotgani hamda Meva-sabzavotchilik klasterlari ham davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.