Jahon

Erkak to‘qqiz yoshli qizni onasining ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

Qizchaning onasi o‘lim holatini tergovdan yashirishga uringan.

Erkak to‘qqiz yoshli qizni onasining ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

 

Kabardin-Balkariyada erkak jahl ustida 9 yoshli o‘gay qizini boshini yerga urib o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda kavkaz.mk.ru xabar qildi. 

 

Maʼlum bo‘lishicha, erkak doimiy ravishda oilasiga zulm o‘tkazib kelgan. O‘sha kuni mast xolda uyga kelib o‘gay qizini urgan. Qiz onasiga o‘gay otasining shafqatsizligidan shikoyat qilgan. Bu erkakning g‘azabini qo‘zg‘atgan. U o‘gay qizini xonasiga chaqirgan va u yerda qizning boshini polga bir necha marta urgan. Qizcha o‘zini yomon his qilgan, ammo onasi shifokor chaqirmay qizni uxlatishga yotqizgan.

 

Ertasi kuni qiz qayta uyg‘onmagan . Ota-onasi tez yordam mashinasini chaqirgan. Ikkalasi ham bolaning o‘limi baxtsiz hodisa natijasida sodir bo‘lganini daʼvo qilgan.

 

"Ayol va uning norasmiy turmush o‘rtog‘i tergovni chalg‘itish maqsadida qizchani bir kun avval daraxtdan o‘zi yiqib tushganini sabab qilib ko‘rsatishgan" — deyiladi respublika tergov boshqarmasi xabarida.

 

Biroq ekspertiza qizni qasdan o‘ldirilganini aniqladi. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (“voyaga yetmagan bolani o‘ldirish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Shuningdek surishtiruv davomida ayol spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygani va 6 ta farzandiga deyarli eʼtibor qaratmaganligi maʼlum bo‘ldi. Ayolning qolgan 5 ta farzandi davlat qaramog‘iga o‘tkazildi.

 

Avvalroq, O‘z otasi va uning rafiqasini o‘ldirgan chustlik farzandga sud hukmi o‘qilgani  hamda Qashqadaryoda erkak o‘z o‘g‘lini o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar bergandik.

 

Munojat Valiyeva

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Erkak to‘qqiz yoshli qizni onasining ko‘z o‘ngida o‘ldirdi | Zamon.uz