O‘zbekistondagi OTMda qancha talaba taʼlim olishi ochiqlandi
17-noyabr — "Xalqaro talabalar kuni" keng nishonlanadi.

Talabalik — oltin davr, deyishadi. Yangi O‘zbekistonimizda yoshlarga barcha imkoniyatlar eshiklari ochiq. Bugungi kunda yurtimizda dunyoni yangicha idrok etadigan yangi avlod vakillarini ko‘rib quvonasan kishi.
Maʼlumot uchun: 1946 yil 17 noyabr Praga shahrida butundunyo talabalar kongresida tasdiqlangan bo‘lib, uning tarixi ikkinchi jahon urushi vaqtida Chexoslavakiyada boshlangan fojeali voqealarga bog‘liq. Bu voqealarga asoslanib, butundunyo talabalar kongressida xalqaro talabalar kunini o‘tkazish belgilandi. Hozirga kelib, dunyoning ko‘pgina davlatlari ushbu bayramni nishonlab keladi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat instituti talabalari sessiyaga tayyorlanish vaqtida. Toshkent, 1950 yil.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda ushbu foto hujjat O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanadi.
Davlat statisttka qo‘mitasi axaborot xizmati taqdim etgan maʼlumotlariga ko‘ra, 2020/21-o‘quv yili boshiga respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan talabalar soni 571,5 mingtani tashkil etgan.
Shundan:
Talaba yigitlar – 311,5 ming nafar
Talaba qizlar – 260 ming nafar.
Zamon.uz tahririyat jamoasi 17-noyabr – "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan O‘zbekistondagi 127 ta oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan talabalarni muborakbod etadi.
Avvalroq Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi 2 ta maktab bitiruvchilarining barchasi talaba bo‘lgani, talabalarda kontrakt pulini telefondagi ilova orqali to‘lash imkoni paydo bo‘lishi mumkinligi hamda ijarada turuvchi talabalarni tizimli nazorat qiluvchi mobil ilova yaratilgani haqida xabar berilgandi.







