Jahon

Filcha barcha saʼy-harakatlarga qaramay, halok bo‘ldi

Indoneziyaning Sumatra orolida yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan fillar tishlari uchun brakonyerlarning o‘ljasiga aylanmoqda.

Filcha barcha saʼy-harakatlarga qaramay, halok bo‘ldi

 

Ovchilar ularni tutish uchun tuzoqlar qo‘yishmoqda. Mahalliy aholi fillarning so‘nggi vakillaridan biri bo‘lgan 1 yoshli filchani tuzoqdan qutqarib olishdi.

 

Ammo jonzot juda qattiq yaralanganligi sababli halok bo‘lgan. Ungacha mahalliy aholi vakillari filchaning omon qolishi uchun ko‘p harakat qilishgan.

 

Fil bolasining tanasi tuzoq tufayli yaralangan va infeksiya tushgan. Davolash jarayonida esa zararlangan tana qismi kesib tashlangan. Ammo, afsuski, bu ham uning hayotini saqlab qolishga yordam bermagan. Chunki infeksiya allaqachon uning butun organizmini zaharlab ulgurgan edi. Shunday bo‘lsa-da, filcha operatsiyadan so‘ng yana ikki kun yashagan.

 

"Uni qutqara olmadik, chunki u og‘ir jarohatlangan va infeksiyalangan edi. Biz yordam berish uchun qo‘limizdan kelganini qildik”, - deydi Tabiiy resurslarini muhofaza qilish departamenti rahbari Agus Arianto.

 

Jonzotlarning asosiy yashash joylari o‘rmon, biroq daraxtlarning kesilishi fillar yashaydigan hududlarning qisqarishiga olib kelmoqda. Bu esa odamlar va fillarning tez-tez to‘qnashishi, o‘zaro ziddiyatga duch kelishiga sabab bo‘lada. Oqibatda esa, fillar qimmatbaho tishlari uchun qurbon qilinadi.

 

Manbalarda yozilishicha, yovvoyi tabiatda yashayotgan mintaqadagi Sumatra fillarining soni atigi 500 ta qolgan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, ayniqsa so‘nggi yillarda mintaqada fillarni so‘yish ko‘paygan. Masalan, iyul oyida Sumatra fillarining biri boshi kesilgan va tishlari olib tashlangan holda topilgan.

 

Avvalroq jayron ovlovchilar ustidan sud hukmi o‘qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

Zelenskiy Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni 100 kunga to‘xtatishga rozi bo‘ldi — WSJ

AQSh senatorlari Ukraina prezidentiga Starlink qamrovini Rossiya hududiga 300 kilometrga kengaytirish evaziga Rossiyaning energetika obyektlariga zarbalarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Isroildan G‘arbiy Sohildagi noqonuniy qurilishlarni to‘xtatishni talab qildi

Pekin Falastin masalasini XXI asrning eng katta tarixiy adolatsizligi deb atab, mojaroni ikki davlat yechimi asosida hal etish va G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashga chaqirdi.

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Har yili 3,5 milliondan ortiq o‘lim: JSST qo‘rg‘oshin xavfidan ogohlantirdi

Qo‘rg‘oshin bo‘yoqlar, kosmetika, ziravorlar va sanoat ifloslanishi orqali inson organizmiga tushishi mumkin.

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi qaytadimi? AQSH sudidan yangi qaror

Green Card lotereyasi 2025-yil dekabrida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

AQSH maktabidagi otishma: uch nafar bola va o‘qituvchi halok bo‘ldi

Otishmani 16 yoshli o‘smir sodir etgan.

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

Ukrainadagi mojaro Zelenskiysiz hal qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Zelenskiy bilan muzokara olib borish Putinga qaraganda qiyinroq ekanini bildirdi.

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Bola xavfsizligi birinchi o‘rinda: UNICEF O‘zbekistondagi qonunni qo‘llab-quvvatladi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga moslashtirilgan va muvofiqlashtirilgan yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Husiylar Yamandagi prezident saroyi majmuasiga raketa zarbalari berdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Hujum vaqtida majmuada bo‘lgan hukumat a’zolari jabrlanmagan.