O'zbekiston

O‘zbekiston hududi orqali Tojikistonga xavfli yuklarni olib o‘tish tartibi soddalashtiriladi

Hozirgi vaqtda qonunga asosan tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddati 30 kundan oshmaydi.

O‘zbekiston hududi orqali Tojikistonga xavfli yuklarni olib o‘tish tartibi soddalashtiriladi

 

Transport vazirligi “Xalqaro shartnoma tasdiqlash to‘g‘risida” prezident qarori loyihasini tayyorladi.

 

“Tojikiston tomoni O‘zbekiston hududi orqali Tojikistonning xavfli yuklarini olib o‘tish uchun ruxsatnomani 1 oydan 1 yilgacha cho‘zish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilgan”, — deyiladi hujjatda.

 

Maʼlumot uchun: kelishuvga muvofiq, O‘zbekiston Transport vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali xavfli yuklar olib o‘tilishi bo‘yicha qaror qabul qilish va ruxsat berish vakolatiga ega vakolatli organ hisoblanadi.

 

Qayd etilishicha, ariza beruvchilar yoki ekspeditorlik tashkiloti tashishni boshlashdan oldin O‘zbekiston tomoni vakolatli organini boshqa davlatlar tomonidan berilgan, ularning hududlari orqali tranzitni amalga oshirish rejalashtirilgan zarur tranzit ruxsatnomalarining mavjudligi to‘g‘risida xabardor qiladi.

 

O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali xavfli yuklarni olib o‘tish to‘g‘risidagi kelishuv loyihasi ishlab chiqildi va O‘zbekiston prezidenti 10 iyun kuni Tojikistonga amalga oshirilgan rasmiy tashrif jarayonida imzolandi.

 

Tranzit bir yilgacha muddatga beriladigan umumiy yoki bir martalik ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston — Tojikiston chegaralari xaritalarda aniq belgilanishi hamda O‘zbekiston navbatdagi xalqaro shartnomaga qo‘shilgani haqida xabar berilgandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston hududi orqali Tojikistonga xavfli yuklarni olib o‘tish tartibi soddalashtiriladi | Zamon.uz