“Vaʼda” filmi yana bir xalqaro kinofestival dasturidan o‘rin oldi
Mazkur kinofestival 2022-yili 1-5 yanvar kunlari beshinchi marotaba Hindistonda o‘tkaziladi.

Unda turli janrlardagi filmlar bilan professional ijodkorlar, mutaxassis yoshlar va havaskorlar ishtirok etishlari mumkin.
Maʼlumot uchun: “Vaʼda” qisqa metrajli filmining ssenariy muallifi Azizbek Qurbonov, postanovkachi rejissyor Otabek Yuldashev, operator Ilyos Islomov, postanovkachi rassom Sardor Mahmudov, kartina direktori Ilhom Absalomov, badiiy rahbar Hilol Nasimov.
Kinematografiya agentligi “Yoshlik" kinostudiyasi tomonidan “Debyut-2020” yoshlar kinoalmanaxida suratga olingan “Vaʼda” (“Promise”) qisqa metrajli filmi yana bir xalqaro kinofestival “IFFF” (International folklore film festival) dasturiga kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, “Vaʼda” qisqa metrajli filmi 6 dekabr kuni Turkiya Respublikasida bo‘lib o‘tadigan "9. International silkroad film awards" kinofestivalining dasturiga ham kiritilgan.
Avvalroq “Ipak yo‘lida” filmi xalqaro kinofestivalda g‘olib bo‘lgani hamda Turkiy tilli davlatlar kinofestivalida O‘zbekiston 3 ta mukofotni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.







