“O‘zbekneftgaz” Rossiyaning moliyaviy institutlari bilan shartnomalar imzoladi
Rossiya mahsulotlarini yetkazib berishni moliyalashtirish uchun 257,3 million dollar miqdorida bo‘lishiga kelishib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston-Rossiya ikki tomonlama hamkorlikni turli sohalarda mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.
Jumladan, Rossiyaning “veb.RF” banki, “EKSAR”, “Gazprombank” va “Bank GPB International S.A.” kompaniyalari bilan “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida uglevodorodlar xom ashyosi qazib olishni ko‘paytirish dasturini moliyalashtirish doirasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlar imzolandi.
“veb.RF” kuzatuv kengashi rahbari o‘rinbosari d.V. Algulyan, "EKSAR" bosh direktori N.V. Gusakov, “Bank GPB International S.A.” Boshqaruv raisi d.N. Derkach hamda “O‘zbekneftgaz” AJ Mehriddin Abdullayev ushbu bitimlarni imzoladilar.
Ushbu bitimlar "veb.RF", "EKSAR" AJ, "Gazprombank" AJ va “Bank GPB International S.A.” ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida neft va gaz qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha ish va xizmatlar ko‘rsatish hamda Rossiya mahsulotlarini yetkazib berishni moliyalashtirish uchun 257,3 mln dollar miqdorida bo‘lishiga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekneftgaz” AJning yuqorida keltirilgan moliyaviy institutlar bilan “GTL” zavodining qurilishi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va boshqa ko‘plab investitsion loyihalarda muvaffaqiyatli hamkorlik qilingan.
Taʼkidlash joizki, uglevodorod xom ashyosini qazib olishni ko‘paytirish Dasturi mamlakatimiz iqtisodiyotini taʼminlash maqsadida o‘z ichiga burg‘ilash, quduqlarni qayta taʼmirlash va texnologik obyektlarni qurish bo‘yicha chora-tadbirlarni qamrab oladi.
Dastur amalga oshirilgandan buyon 430 ta quduq qurilishi yakunlandi, 328 ta mavjud quduq kapital taʼmirlandi, “G‘arbiy” konida blok-modulli kompressor qurilmasi ishga tushirildi, “Samontepa”, “Uchqir”, “Alan”, “Zevarda” siquv kompressor stansiyalari barpo etildi, shuningdek, dastur doirasida “Arslon” konida gazni kompleks tayyorlash qurilmasi, “Dengizko‘l” va “Janubiy Tandircha” siquv kompressor stansiyalarida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Qirg‘izistonga safari davomida ikki tomon o‘rtasida o‘ndan ortiq shartnomalar imzolangani hamda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida 23 ta hujjat imzolangani haqida xabar bergandik.
Munojat Valiyeva







