O'zbekiston

O‘zbek kinoijodkorlari delegatsiyasi Rossiyadagi festivalda ishtirok etdi

Endilikda, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda isteʼdodlarini yuzaga chiqarish bo‘yicha yangi loyihalar taqdim etiladi.

O‘zbek kinoijodkorlari delegatsiyasi Rossiyadagi festivalda ishtirok etdi

 

Kinematografiya agentligi axborot xizmatining xabar qilishicha, kuni kecha o‘zbek kinoijodkorlari delegatsiyasi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning 41-xalqaro talabalar festivalida ishtirok etdi. 

 

Qayd etilishicha, o‘zbek kinoijodkorlari rossiyalik kinoprodyuserlar va ijodkorlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda Kinematografiya agentligi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, “O‘zbekfilm” kinokonserni tomonidan amalga oshiriladigan ko-produksiyalar bo‘yicha hamkorliklar kelishib olindi.

 

Taʼkidlanishicha, Firdavs Abduxoliqov agentlik tomonidan 2 yil davomida Moskvaga o‘qishga yuborilgan talabalar bilan uchrashdi. Mahorat darslari va davra suhbatlari tashkil etilib, malakali dars olishdagi sharoitlari o‘rganildi. 

 

Maʼlumot uchun: VGIK direktori Vladimir Malishevga agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishonini taqdim etdi. 

 

Eslatib o‘tamiz, endilikda o‘zbek kinoijodkorlari 20-26 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Belarus Respublikasida “Listapad” XVII xalqaro Minsk kinofestivalida ishtirok etadi. 

 

Avvalroq O‘zbekistonda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tashkil etilishi, Toshkentda Turk dunyosi iqtidorli bolalari festivali bo‘lib o‘tishi, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hamkorligida Xo‘ja Nasriddin haqida multfilm suratga olinishi haqida xabar berilgandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbek kinoijodkorlari delegatsiyasi Rossiyadagi festivalda ishtirok etdi | Zamon.uz