O'zbekiston

Ko‘p kvartirali uylar kamida 1 Gbit/s tezlikda ishlaydigan Internet bilan taʼminlanadi

“O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya infratuzilmasini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Ko‘p kvartirali uylar kamida 1 Gbit/s tezlikda ishlaydigan Internet bilan taʼminlanadi

 

Unga ko‘ra, 2022–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini mobil aloqa qamrovi bilan taʼminlash reja-jadvali tasdiqlandi.

 

Shunga kelib chiqib, 2022-yil 1-yanvardan boshlab, Internetga keng polosali ulanish tarmoqlarini loyihalash va qurishda maʼmuriy binolar va ko‘p kvartirali uylarni kamida 1 Gbit/s o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan taʼminlash nazarda tutiladi. Taʼlim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa davlat tashkilotlarini ham kamida 100 Mbit/s o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan jihozlash tizimi ishlab chiqilmoqda.

 

2021-yil yakunigacha esa, barcha ichki ishlar organlari tayanch punktlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari xonalari, xalq taʼlimi muassasalari, davlat arxivlari va tashkilotlari Internet bilan taʼminlanadi.

 

Shuningdek, 2023-yilgacha yana bir qator ish rejalari amalga oshirilishi belgilandi. Jumladan:

 

xalqaro maʼlumotlar uzatish kanalining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 3,5 marotaba oshiriladi;

 150 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilish hisobiga maʼlumotlar uzatish tarmog‘i kengaytiriladi;

 optik tolali aloqa liniyalari barcha aholi punktlariga yetkazilib, uy xo‘jaliklarining kamida 80 foizi Internetga keng polosali simli ulanish imkoniyati bilan taʼminlanadi.

 

Shuningdek, mavjud chegara o‘tish nuqtalari orqali “O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston”, “O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy” va “O‘zbekiston–Turkmaniston–Ozarbayjon–Turkiya” yo‘nalishlarida xalqaro magistral kanallar tashkil etiladi. Bundan tashqari, Xitoy Xalq Respublikasida yangi ulanish va o‘zaro Internet trafigi almashinuvi nuqtalarini tashkil etish choralari ko‘riladi.

 

Avvalroq kelgusi besh yilda poytaxtda Internet tezligini 5 barobarga, raqamli xizmatlar hajmini 3 barobarga oshirish rejalashtirilganini haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Ko‘p kvartirali uylar kamida 1 Gbit/s tezlikda ishlaydigan Internet bilan taʼminlanadi | Zamon.uz