O‘zbekiston 10 oyda qancha meva va sabzavotlar eksport qilgan?
Qiymati 747,4 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,2 million tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari meva-sabzavotchilik klasterlari va kooperatsiyalari uchun ham qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishini aytgandi. Bunda klasterlarga aylanma mablag‘ uchun amaldagi 20-24 foizli tijorat kreditlari o‘rniga Jamg‘arma hisobidan 1 yil muddatga 10 foizdan kredit resurslari ajratiladi. Kelgusi yilda ushbu maqsadlarga 2 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida qiymati 747,4 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,2 million tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.

meva va rezavorlar – 267,2 ming tonna
quritilgan meva va rezavorlar – 45,4 ming tonna
sabzavotlar – 649,1 ming tonna
qalampir – 13,9 ming tonna
uzum – 169,6 ming tonna
mayiz – 34,1 ming tonna
yeryong‘oq – 17 ming tonna
tarvuz-qovun – 80,6 ming tonna.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yanvar-sentyabr oylarida xorijga qancha miqdorda meva va sabzavot eksport qilgani maʼlum bo‘lgandi.
Avvalroq o‘rik eksporti hajmi 6,5 barobarga kamaygani, Farg‘ona viloyatidan 253,5 tonna malina xorijga, O‘zbekiston besh oyda 291,6 million dollarlik meva va sabzavotlarni eksport qilgani hamda yurtimizdagi sabzavotlarning 70 %dan ortig‘i dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilgani haqida xabar berilgandi.







