O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining umumiy miqdori maʼlum bo‘ldi
Mazkur ko‘rsatkich 2020 yilning shu davriga nisbatan 2,55 milliard, yaʼni, 8,5% ga o‘sgan.

Bu haqda Davlat Statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2021 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 32,65 milliardini tashkil qilgan. Shuningdek, tashqi savdo aylanmasi umumiy hajmidan eksport 12,43 milliardni, import esa 20,22 milliard ni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkichlarni o‘tgan yilgi raqamlar bilan taqqoslaganda, eksport hajmi 2020 yil yanvar-oktabr oylariga kelib 6,7% ga pasaygan.Importning o‘sish hajmi esa 20,5%ga ko‘tarilgan.
Natijada, tashqi savdo savdosi 7,78 milliard passiv balansni tashkil qildi.
Bundan tashqari, tashqi iqtisodiy faoliyatda 20 ta yirik hamkor davlatlar qatorida 4 ta davlat: Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya bilan faol tashqi savdo olib boriladi.Alohida tarzda 16 ta davlatda tashqi savdo aylanmasining passiv balansi saqlanib qolgan.
Maʼlumot uchun: bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning 179 ta davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda.Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy — 18,6%, Rossiya —18,0%, Qozog‘iston — 9,7% , Turkiya — 8,3%, Koreya Respublikasi — 4,7%, Qirg‘iziston — 2,4% va Germaniya — 1,9% mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning iqtisodiy ko‘rstatkichi 10 foizga oshgani hamda O‘zbekistonning 6 oydagi tashqi savdosi 13,6 foizga ko‘paygani, davlat xizmatlari sifatini baholaydigan yangi portal ishga tushgani, 2021 yilning olti oyida yangi tashkil etilgan korxonalar 13 foizga o‘sgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







