1-dekabrdan Toshkent metrosida jetonlar qabul qilinmaydi
Toshkent metropolitenining barcha bekatlari QR kodli bilet, transport va bank kartalari hamda validatorlar bilan jihozlangan.

Xabaringiz bor, 2020-yilning noyabr oyiga qadar yo‘lovchilar Toshkent metropolitenidan foydalanish uchun jetonlardan foydalanishar edi. So‘ng jetonlar to‘xtatilib avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi joriy etildi. Biroq shunday bo‘lsada, aholidagi mavjud jetonlar qabul kilinayotgandi. Toshkent metropoliteni matbuot xizmati 2021-yilning 1-dekabrdan Toshkent metropolitenida yo‘l haqini to‘lash uchun jetonlarni qabul qilish to‘xtatilishini maʼlum qildi.
To‘lov tizimida qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent metropolitenining barcha bekatlari QR kodli bilet, transport va bank kartalari hamda NFC orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi statsionar validatorlar bilan jihozlangan.
Avvalroq Toshkent traktor zavodi dahasigacha yerosti yo‘li qurilishi hamda Moskva metrosida o‘zbek va tojik tilidagi yozuvlar paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







