"Apple" iPhone 12 va 12 Pro qurilmalarida nozoslik borligini ma'lum qildi
Аyrim hollarda qo‘ng‘iroqlar vaqtida quloqchin ishlamay qoladi. Muammoni dasturiy jihatdan hal qilib bo'lmaydi.

"Apple" kompaniyasi ba'zi iPhone 12 va 12 Pro qurilmalarida dinamik nosozlik tufayli audio bilan bog'liq muammolar paydo bo'lishi mumkinligini rasman tan oldi. Bu haqda kompaniya saytida xabar qilingan.
Nosozlik 2020-yilning oktabridan 2021-yilning apreligacha chiqarilgan iPhone 12 va 12 Pro-ga taalluqlidir. Barcha zararlangan qurilmalarga chakana savdodan boshlab ikki yil davomida bepul xizmat ko'rsatiladi. Bu iPhone 12 mini va iPhone 12 Pro Max uchun amal qilmaydi.
Bepul ta'mirlash butun dunyo bo'ylab mavjud bo'ladi va "Apple" xizmatni sotib olingan mamlakatga qarab cheklash huquqini o'zida saqlab qoladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Apple” 2021-yil oxirigacha chiplar yetishmovchiligi tufayli “iPhone 13” ishlab chiqarishni qisqartirishi mumkinligi haqida xabar qilingandi. Shuningdek, o'tgan oyda "Xiaomi” kompaniyasi “Redmi Note 11 Pro” smartfonlarini taqdim etgandi.
Nasiba To'xtayeva







