
Unda aytilishicha, kompaniya mikrochiplar tanqisligining uzoq vaqtga cho‘zilishi sabab 2021-yilga mo‘ljallangan “iPhone 13” smartfonlarini ishlab chiqarishni 10 million donaga qisqartirishi mumkin.
14-sentabr kuni yangi mahsulotlar namoyishiga bag‘ishlangan taqdimotda kompaniya yil oxirigacha mazkur modeldan jami 90 million nusxada ishlab chiqarish niyatida ekanini bildirgan.
Endilikda raqamlar o‘zgarishi muqarrar. Chunki “Broadcom” va “Texas” kompaniyalari qurilma yig‘ilishida muhim hisoblanadigan chiplarni kerakli miqdorda yetkazib berolmayapti. Taʼkidlanishicha, bu – pandemiya tufayli 2020 yilda boshlangan kamomadning oqibati.
23-sentabrda “M.Video-Eldorado” guruhining hisoboti chop etildi, unda ruslar orasida “iPhone 13”ga bo‘lgan talab “Apple”ning oldingi modellariga nisbatan deyarli ikki barobarga oshgani aytilgan.
Maʼlumot uchun, “iPhone 13 Pro” va “iPhone 13 Pro Max” qurilmalari haqida rasmiy maʼlumotlar tarqalgach, uni qo‘lga kiritish istagida bo‘lganlar soni yangi modelga qiziqqanlarning 90 foizini qamrab olgan.
Avvalroq “Iphone 13” rekord hajmdagi doimiy xotira bilan taʼminlanishi, modelning yangicha ranglari ham paydo bo‘lgani hamda o‘rtacha oylik bilan “iPhone 13” olish uchun qancha vaqt ketishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


