Polsha-Belorus chegarasidagi muhojirlar birinchi marta qorni ko'rishdi
Bolalar qorda o'ynashmoqda, ota-onalar esdalik uchun suratga tushib, qorni tatib ko'rishgan.

Polsha va Belarus chegarasidagi Bruzgi nazorat-o‘tkazish punktida birinchi qor yog‘di. Bu yerdagi ko‘plab muhojirlar qorni ilk bor ko‘rishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Chegaradan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan. Kadrlarda bolalarning qorda o‘ynashi, ularning ota-onalari esa esdalik uchun suratga tushayotgani va qorni tatib ko‘rishlari tasvirlangan.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi Belarus bilan muhojirlarni vataniga qaytarish bo‘yicha muzokaralarni boshlagan edi.
Josep Borrel so‘nggi yetti kun ichida Belarus tashqi ishlar vaziri Uladzimir Makey bilan ikki marta muzokara o‘tkazdi. Shuningdek, Germaniya Belarusdan kelgan muhojirlarni qabul qilishdan bosh tortdi. Aleksandr Lukashenko Germaniyaga gumanitar yo‘lak yaratishni taklif qildi, ammo Berlin bu g‘oyani nomaqbul deb atagan.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Belarus-Polsha chegarasidagi Bruzgi logistika markaziga noqonuniy muhojirlar uchun gumanitar yordamning birinchi partiyasini yetkazgani haqida xabar bergan edik.
Nasiba To'xtayeva







