3 ming nafardan ortiq fuqaro qidiruvda
Ularning barchasi alimentdan qarzdor.

Majburiy ijro byurosi bergan maʼlumotlarga ko‘ra joriy yil qarzdorligi tufayli 7 ming 800 dan ziyod jismoniy shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan. Ulardan 4 ming 500 nafardan (58%) ortig‘i topilib, majburiy ijro harakatlari o‘tkazilgan.
Ayni damda 3 ming 264 nafar qarzdorni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu shaxslarning 2 ming 149 tasi Respublika hududida yashirinib yurganligi, 1 ming 115 tasi esa, chet elga turli maqsadlarda chiqib ketganligi aniqlangan.
Qidiruvdagi shaxslar topilishi natijasida qarzdorlardan jami 30 mlrd 700 mln. so‘m, shu jumladan 22 mlrd 800 mln. so‘m aliment pullari undirilib, voyaga yetmagan farzandlarning moddiy taʼminot olishlari taʼminlangan.
Avvalroq, 5 nafar bolaga aliment to‘lashdan bosh tortgan otaga nisbatan jinoyat ishi ochilgani hamda aliment to‘lamagan 11 nafar ota qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







