Jahon

Kelasi hafta quyosh tutilishi faqat 18 yilda bir marta kuzatiladigan hududda sodir bo‘ladi

Quyoshning to‘liq tutilishini ko‘rish, bu — tabiatning ajoyib moʻjizalaridan biriga guvoh bo‘lish deganidir.

Kelasi hafta quyosh tutilishi faqat 18 yilda bir marta kuzatiladigan hududda sodir bo‘ladi

 

Shu vaqtgacha quyoshning to‘liq tutilganini kamdan kam odam kuzatgan. Chunki jarayonning to‘liq bosqichi odatda bizga ko‘rinmaydi yoki biz uning eng avj nuqtasini o‘tkazib yuboramiz.

 

Yaqinda kuzatiladigan bu tabiat hodisasi yangi oy chiqib, quyoshning Yer shariga yo‘nalgan nurlarini 100 % to‘sib qo‘yganida sodir bo‘ladi. Kuzatish jarayonida oyning shaklini va ko‘rinishini uning soyasidan fahmlab olish mumkin.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, asosan Аntarktikada yaqqol ko‘rinadigan Quyoshning to‘liq turilishini Janubiy Atlantikadagi baʼzi uzoq orollardan turib ham kuzatish mumkin bo‘ladi, biroq to‘liq emas. Shuningdek, qisman kuzatish mumkin bo‘lgan hududlarga Avstraliyaning janubiy-sharqiy yerlari, Argentinaning janubiy chegaralari, Janubiy Afrika ham kiradi.

 

Quyoshning to‘liq tutilishini umumiy hisobda 2500 nafarga yaqin odam kuzatadi. Aytishlaricha, ularning har biri buning uchun 9000 dollar to‘lagan. Kuzatuvchilar, taxminan, 8 yoki undan ham ortiq kruizlardan turib hodisaga guvoh bo‘lishadi.

 

Bundan tashqari, yana ikkita havo samolyotlari ham “buyurtmachilar”ga xizmat qiladi. Samolyotlarning biri Chilidan, ikkinchisi Avstraliyadan osmonga ko‘tariladi. Albatta havo kemasidan turib tabiatning bunday noyob moʻjizasini ko‘rishni ko‘pchilik orzu qiladi. Shuni hisobga olgan tashkilotchilar ham samoliyotning har bir o‘rindig‘ini 5000 dollarga baholashmoqda.

 

Yana bir kichik guruh Antarktikadagi Union Glasiyer lageridan turib Quyoshning harakatini tomosha qilishi mumkin. Ular 44 soniya davomida voqeaning aynan o‘chog‘ida turib, to‘liq tutilish jarayonidan zavqlanish imkoniyatiga ega. Albatta, bu zavqlanish arzon turmaydi. Eʼtibor bering, lagerga tashrif buyuradiganlarning har biri 50 000 dollargacha xizmat haqi to‘lashadi.

 

Eslatma. Antraktidada Quyoshning to‘liq tutilish jarayoni 1 daqiqa 54 soniyagacha davom etadi.

 

Manbalarga ko‘ra, Antarktikada Quyosh tutilishi har 18 yilda kuzatiladi. Yaʼni, Quyosh va Oyning Yerga nisbatan yo‘nalishi bir xil bo‘lishi uchun mana shuncha yil kerak bo‘ladi.

 

Tahlillarga tayanilsa, Antarktikadagi navbatdagi to‘liq Quyosh tutilishi 2039-yil 15 dekabrda sodir bo‘ladi.

 

Maʼlumot uchun, bu hududda Quyosh tutilishi oxirgi marta 2003 yil 23-noyabrda bo‘lib o‘tgan. Bu mazkur qitʼadan turib odamlar tomonidan kuzatilgan ilk tabiat hodisasi hisoblanadi. O‘shanda minglab pingvinlar yorug‘lik nurining keskin pasayishi sabab bir necha daqiqa jim bo‘lib qolishgan.

 

Avvalroq kosmos haqida lol qoldiruvchi faktlar hamda Quyoshda 2017 yildan buyon eng kuchli chaqnash qayd etilgani haqida xabar qilingandi.

 

Olamgir Abdiyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kelasi hafta quyosh tutilishi faqat 18 yilda bir marta kuzatiladigan hududda sodir bo‘ladi | Zamon.uz