1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Kosmos haqida lol qoldiruvchi faktlar

Spoyler! Bu faktlarni o‘qigandan so‘ng o‘zingizga kelishingiz qiyin bo‘ladi.

Kosmos haqida lol qoldiruvchi faktlar

 

Koinot shunchalik katta va undagi obektlar shunchalik uzoq joylashganki, agar insoniyat yorug‘lik tezligida harakatlanadigan kosmik kemalar yasashni o‘rgansa ham, Quyoshga eng yaqin joylashgan Alfa Sentavra yulduzigacha 4 yil uchishga to‘g‘ri keladi.

 “Voyajer-1” Yerdan ham ko‘p yashaydi.

“Voyajer-1” va “Voyajer-2” kosmik zondlari inson qo‘li bilan yaratilgan apparatlar orasida sayyoramizdan rekord darajada uzoqlashdi va cheksiz samoda sayr qilishda davom etmoqda. Ikkala zond ham 1977 yilda uchirilgan, olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, ulardagi ilmiy uskunalar 2030 yilgacha ishlaydi, ammo apparatlarning o‘zi koinotda uchib yuraveradi. Ular Quyosh tizimiga 225 mln yildan so‘ng qaytishi mumikn. Milliard yillardan so‘ng, Quyosh Yerni yo‘q qilganida ham ular uchib yurgan bo‘ladi.

 

 Kessler effekti

Kessler effekti – Yerning quyi orbitasi atrofida bitta vayronkor voqea yuz bersa, koinotning yaqin maydonini uchishga yaroqsiz qilishi mumkinligi haqidagi nazariya. Tasavvur qiling, yo‘ldoshning biror-bir qismi boshqa yo‘ldoshga urilib uni parchalaydi, o‘z o‘rnida u ham borib boshqa yo‘ldoshga uriladi. Shunday qilib, Yer uchar bo‘laklar bilan o‘raladi va insoniyat fazoga ucha olmay qoladi. Bu domino effektiga o‘xshaydi. Ayni paytda Yerni o‘rab turgan yo‘ldoshlar Kessler effekti ishga tushishi uchun yetarli.


 O‘z orbitasiga ega bo‘lmagan yetim sayyoralar mavjud.

Bunday sayyoralar o‘z orbitasidan biror ofat oqibatida chiqib ketgan bo‘lishi mumkin, masalan uni boshqa bir yetib sayyora urgan bo‘lishi mumkin. Agar bitta yetim sayyora ikkinchisiga urilsa, u yana boshqasiga borib uriladi va bu yerda ham Kessler effekti ishga tushadi.

 

Koinot 95% ga biz ko‘ra olmaydigan va aniqlay olmaydiga materiyada tashkil topgan.

Yaʼni koinotning 95% ini shunchaki tushuna olmaymiz. Koinotning 70% i qora energiyadan va 25% i qora materiyadir.


 Gamma-portlash Yerdagi barcha tirik jonni bir necha soniyada yo‘q qilishi mumkin.

Koinotda ham kuni kosmik porlashlar orasidagi eng kuchlilari – gamma-portlashlar yuz beradi. Buncha miqdordagi energiyani Quyosh 10 mlrd yilda ishlab chiqara oladi. Agar bunday portlash Yerdan 10 yorug‘lik yili uzoqligida ro‘y bersa, u sayyoradagi barcha tirik jonni yo‘q qilishi mumkin. Taxminan 443 mln yil oldin shunday gamma-portlash Yerdagi 60% jonivorni yo‘q qilgan.


Koinotda Buyuk Attraktor gravitatsion anomaliyasi mavjud bo‘lib, u o‘zidan o‘nlab va yuzlab yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan galaktikalar harakatiga taʼsir qiladi.

 

Karrington voqeasi

1859 yilda astronom Karrington Quyoshda yirik portlashni qayd etgan. Bu to‘lqin yerga 18 soatda yetib kelgan, odatda bunday o‘lqinlar sayyoramizga 3 kunda yetib keladi. Quyosh to‘foni kuzatuvlar tarixidagi eng katta geomagnit bo‘ronini olib kelgan. Butun dunyoda shimol yordusi ko‘ringan, ayrim joylashda u shunchalik kuchli bo‘lgani tufayli odamlar uni quyosh chiqishi bilan adashtirgan. Shuningdek, butun dunyoda telegraf ishdan chiqqan. Bu zamonaviy dunyoda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Olimlar Karrington voqeasiga o‘xshash superto‘fon  yana qachon ro‘y berishini aniq hisoblay olmagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика