Qirg‘izistonda o‘tgan parlament saylovida MSK saytiga kiberhujum uyushtirildi
Shu sababli mag'lub partiyalar saylov natijalarini tan olishmayapti.

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasiga parlament saylovlari kuni хakerlar hujumi uyushtirildi. Bu haqda dushanba kuni Bishkekdagi brifingda respublika Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imonqulov maʼlum qildi.
"MSKga xakerlik hujumlari xorijdan amalga oshirilgan. Taxminlarga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida 20 ta davlatdan Hujum paytida. Markaziy saylov komissiyasi serverlariga zarar yetmagan", — dedi Marat Imonqulov.
Shuningdek, u mamlakat hukumati ovoz berish natijalarini soxtalashtirilishiga yo‘l qo‘ymasligini va har bir byulleten tekshirilishini maʼlum qildi. Qirg‘iziston parlamentiga saylovlar 28-noyabr kuni aralash tizim bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Yakshanba kuni respublika Markaziy saylov komissiyasi sayti elektron saylov qutilaridan kelayotgan maʼlumotlarni qayta ishlash jarayonida tizimda nosozliklar yuzaga keldi. Natijada, sahifani biroz vaqt davomida ko‘rishmi imkoni bo‘lmay qoldi. Ishni qayta boshlagandan so‘ng, unda oldingi versiyadan farq qiladigan maʼlumotlar paydo bo‘ldi.
Markaziy saylov komissiyasi rahbari Nurjan Shildabekovaning tushuntirishicha, saytdagi muammolar dasturiy taʼminotdagi xatolar bilan bog‘liq bo‘lib, ular bartaraf etilgan. Ammo bu saylovda mag‘lub bo‘lgan besh partiya vakillarining ovoz berish natijalarini tan olishdan bosh tortganliklarini eʼlon qilishlariga sabab bo‘ldi.
2020-yil kuzida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari ko‘plab saylov qonunchiligi buzilganligi sababli MSK tomonidan haqiqiy emas deb topilgan edi. Ularning natijalarini sarhisob qilish ommaviy namoyishlar va mamlakatda prezident va hukumatning o‘zgarishi bilan yakunlandi.
Avvalroq Shvetsiyada yangi tayinlangan bosh vazir bir necha soatdan keyin isteʼfo bergani xabar qilingan edi.
Hindistonda esa marhum siyosatchi saylovda g‘alaba qozongan.
Nasiba To‘xtayeva







