Endilikda “Hyundai” avtomobillari o'zimizda ishlab chiqariladi
Zavodni Jizzaxda qurish rejalashtirilgan.

Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin mamlakatlar o‘rtasidagi III mintaqalararo hamkorlik forumida maʼlum qildi.
Zavod Jizzaxda qurilishi rejalashtirilgan. "Astana Motors" 2019-yildan buyon yengil avtomobillarni ishlab chiqarish va yig‘ish bilan shug‘ullanadi. Hozirda zavod yiliga 30 ming dona avtomobil ishlab chiqaradi.
Ayni damda Jizzaxda "Kia", "Renault", "LADA", "Volksvagen" va “Shkoda” avtomobillarini yig‘ish korxonalari tashkil etilgan.
Avvalroq O‘zbekistonda “LADA Vesta CW” va “LADA XRAY” rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshlangani hamda Jizzaxda “LADA” avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







