Jahon

Hindistonda 18 kishi YTH qurboni bo‘ldi

Halokatga quyuq tuman sabab bo‘lgan.

Hindistonda 18 kishi YTH qurboni bo‘ldi

 

Hindistonning sharqiy qismidagi G‘arbiy Bengaliyada avtomobil va tosh ortilgan yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohat oldi. Bu haqda Sinxua xabar berdi.

 

Jabrlanganlar eng yaqin shifoxonaga yetkazilgan.

 

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, avtohalokatga ehtiyotsizlik va hududdagi quyuq tuman sabab bo‘lishi mumkin.

 

Hindistonda halokatli baxtsiz hodisalar tez-tez sodir bo‘ladi va odatda transport vositalarining ortiqcha yuklanishi, yomon yo‘l sharoitlari hamda ehtiyotsizlik bunga sabab bo‘ladi. Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab har yili 500 mingga yaqin yo‘l-transport hodisalarida 150 mingga yaqin odam halok bo‘ladi.

 

Avvalroq Pokistonning Panjob viloyatidagi trassada yuk mashinasi va yo‘lovchi avtobus to‘qnashuvi oqibatida 30 kishi qurbon bo‘lgan edi.  Shuningdek, Meksikada sayyohlar avtobusining ag‘darilishi natijasida 19 nafar inson hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar qilingandi.

 

Nasiba To'xtayeva

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Hindistonda 18 kishi YTH qurboni bo‘ldi | Zamon.uz